Andijonda elektrobuslar ishlab chiqariladi

08.01.2024

232

Andijonda elektroavtobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Telegram / Shuhrat Abdurahmonov

Ma’lum qilinishicha, viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Xitoyga safari davomida bu borada hamkorlik masalasida kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Lanzhou Guangtong New Energy Automobile Co., Ltd rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, 100 million dollarlik ikki tomonlama memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, viloyatda yillik quvvati 2000 ta elektroavtobus ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha amalga oshiriladi.

Andijonda ushbu kompaniya bilan hamkorlikda elektroskuterlar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi

TEPAGA scroll-top-icon