O‘zbekistonda umumtaʼlim fanlaridan test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilandi

18.01.2024

276

“Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlumot uchun, 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bakalavriat yo‘nalishlariga mos keladigan fanlar to‘plamining umumtaʼlim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan. Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Umumtaʼlim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi QR-kod qo‘yilgan sertifikat test natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab bir kunlik muddat ichida yuboriladi. A+, A, B+, B, C+, C darajadagi sertifikatlar beriladi. Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi.

 

Unga ko‘ra:

  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
  • 65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
  • 60-64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
  • 55-59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
  • 50-54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
  • 46-49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:

  • A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi, boshqa darajadagi sertifikat olgan abituriyentlarga ballar maksimal ballga nisbatan proporsional hisoblanadi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga eng yuqori ball beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 12-yanvardan kuchga kirdi.

TEPAGA scroll-top-icon