O‘zbekiston 2023-yilda nechta davlat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgani ochiqlandi

13.02.2024

234

O‘zbekiston 2023-yilda 198 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan, deb xabar bermoqda Statistika agentligi axborot xizmati. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Statistika agentligi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 62,6 milliard AQSH dollariga yetgan. Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 12,1 milliard AQSH dollariga yoki 23,9 foizga oshgan.

O‘zbekiston 2023-yilda jahonning 198 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9 foiz), Rossiya (15,8 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (5 foiz) va Koreyada (3,7 foiz) qayd etilgan. Shundan: 

  • eksport – 24,4 milliard (23,8 foizga oshgan)
  • import – 38,1 milliard  (24 foizga oshgan).
TEPAGA scroll-top-icon