“Etalon loyiha” — Shavkat Mirziyoev Sirdaryoda ishga tushgan yirik IES haqida

28.11.2023

208

Oʼzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 noyabr kuni Saudiya Аrabistoni delegatsiyasi bilan birgalikda bu mamlakatning ACWA Power kompaniyasi ishtirokidagi ikkita loyihaga start berdi.

Tantanali tadbirda Sirdaryo viloyatida barpo etilayotgan zamonaviy bugʼ-gaz elektr stantsiyasining 1-bloki ishga tushirildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida yashil vodorod ishlab chiqarib, uni yashil oʼgʼitlarga qayta ishlovchi korxona qurilishi boshlandi.

Shavkat Mirziyoev marosimdagi nutqida Saudiya Аrabistonining investitsiyalar vaziri Xolid Аl-Falih va ikki mamlakat ishbilarmonlar kengashi hamraisi, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Аbu-Nayan rahbarligidagi delegatsiyani yangi loyihalar bilan qutladi.

TEPAGA scroll-top-icon