“Humo bonus”: endi Humo kartasidan qilingan to‘lov uchun keshbek beriladi
28.11.2023
271
O‘zbekistonda Humo kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Humo bonus” tizimi ishga tushirilmoqda. Yangi loyiha har bir Humo kartasidan foydalanib to‘lov qilgan mijozga bir foiz keshbek olish imkonini beradi.
24-noyabr kuni Toshkent shahrida “Humo bonus” tizimi ishga tushirilishi munosabati bilan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kompaniya rahbariyati, loyiha hamkorlari, jurnalistlar va blogerlar qatnashdi. Uchrashuvda ishtirokchilarga yangi tizimning asosiy xususiyatlari tushuntirildi.
“Humo bonus” — Humo kartasi orqali qilingan to‘lov uchun keshbek bilan rag‘batlantirish tizimidir. Loyihadan maqsad — naqdsiz to‘lovlarni ko‘paytirish va yashirin iqtisodiyotni oldin olishdan iborat.