Ozarbayjon—O‘zbekiston nodavlat tashkilotlarining hamkorlik I forumi bo‘lib o‘tdi
28.11.2023
237
Ozarbayjon taklifi va tashabbusi bilan O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi, AOKA, ommaviy axborot vositalari vakillari, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlar assotsiatsiyasi hamda NNT rahbarlaridan iborat delegatsiya ushbu davlatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida Shusha, Fuzuliy tumanlaridagi bunyodkorlik ishlari, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, shu jumladan, zamonaviy media tizimining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish maqsad qilingan.
27-noyabr kuni Fuzuliy shahridagi O‘zbekiston davlati tomonidan beg‘araz qurilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda Ozarbayjon—O‘zbekiston nodavlat tashkilotlarining hamkorlik I forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Xusanov, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi boshlig‘i Azamat Pardayev, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov hamda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidova ishtirok etdi.