Davaktiv Humo to‘lov tizimi taʼsischisi o‘zgarganiga izoh berdi

04.12.2023

304

“Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo) ustav kapitalidagi davlat ulushi to‘liq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Gazeta.uz”ning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Humo milliy banklararo protsessing markazining DABA balansiga o‘tishi xususiylashtirish rejalari bilan bog‘liq emas.

Qayd etilishicha, 2023-yilning 9-martidan kuchga kirgan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan bir vaqtning o‘zida ham mulkdorning, ham tartibga soluvchining vazifalarini bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yaʼni bu holatda Markaziy bank bank bozorini tartibga soluvchi va Humo’ning yakka egasi bo‘lib qolishi ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuviga olib keladi.

TEPAGA scroll-top-icon