UzAutoMotors avtomobillar sotuvi to‘liq onlayn shaklga o‘tkazilishini maʼlum qildi

04.12.2023

398

UzAutoMotors avtomobillarga shartnoma berishda to‘liq onlayn savdoga o‘tmoqchi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning avgust oyidan boshlab UzAutoMotors avtomobillar uchun navbatni kamaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qabul qilgan.

Bu ishlab chiqarish hajmini oshirish, avtomobillarni sotish navbatlarini 3 barobarga, kutish muddatini o‘rtacha 1-3 oyga qisqartirish imkonini bergan.
 

Qo‘shimcha qilinishicha, modernizatsiya doirasida onlayn-savdo tizimida texnik ishlar olib borilmoqda. Shu bois, joriy yilning 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 24:00 gacha “UzavtoSavdo” tizimi vaqtincha ishlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya oxirgi martda 3-noyabr kuni ommabop modellar — Cobalt, Gentra, Damas, Labo uchun dilerlik markazlarida shartnoma bergandi. Sotuvlar doimgidek bir necha soatlarda avtosalonlardagi uzun navbatlar, ur-yiqit, to‘polon bilan o‘tgan. Avvalroq UzAutoMotors ommabop avtomobillari narxini oshirgani maʼlum bo‘lgan.

TEPAGA scroll-top-icon