O‘zbekistonda Qatar amirining “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti” topshiriladi
19.12.2023
290
Dunyo miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashga katta hissa qo‘shib kelayotgan olimlar, tadqiqotchilar, jurnalistlar, innovatorlar va faol tashkilotlar orasidan eng munosiblari Toshkentda taqdirlanadi.
Foto: aceaward.com
19-dekabr kuni O‘zbekistonda “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti”ning tantanali taqdirlash marosimiga mezbonlik qiladi.
Nufuzli tadbirda Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Soniy, qator xalqaro tashkilotlar vakillari, dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan yetakchi ekspertlar ishtirok etadi. Shu bilan birga, Toshkent shahriga 2016-yildan beri 5 nominatsiya bo‘yicha g‘olib deb topilgan 51 nafar mukofot sohiblari ham tashrif buyuradi.
Mukofot Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Soniy tomonidan taʼsis etilgan bo‘lib, u bilan mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi shaxslar va tashkilotlar rag‘batlantiriladi. Mukofot ilk bor 2016-yil 9-dekabrdan topshirila boshlangan. O‘shanda 51 mamlakatdan 38 nafar g‘olib taqdirlangan.
Mukofot beshta yo‘nalishda korrupsiyaga qarshi faol kurashgan insonlar va tashkilotlarga beriladi.
Ular quyidagi:
- korrupsiyaga qarshi kurashishdagi yutuqlari hamda uzoq yillik faoliyati uchun;
- korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi taʼlim va akademik tadqiqotlar uchun;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga oid yoshlar tashabbuslari va daxldorligi uchun;
- korrupsiyaga qarshi kurashishga oid innovatsiyalar va jurnalistik materiallar uchun;
- sportni korrupsiyadan holi qilish yo‘nalishlaridir.