2023-yilda O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi

25.12.2023

263

Yakunlanib borayotgan 2023-yilgi futbol mavsumida “O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi” bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi.

Foto: O‘FA

Unga ko‘ra, “SSKA” futbolchisi Abbosbek Fayzullayev, Fransiyaning “Lans” sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov hamda yaqinda “Navbahor”ni tark etgan Oston O‘runovlar yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun kurash olib boradi.

Kengaytirilgan ro‘yxatda Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Otabek Shukurov (“Fotih Karagyumyuk”), Jaloliddin Masharipov (“Panserraykos”), Igor Sergeyev (“Patum Yunayted”), Eldor Shomurodov (“Kalyari”), Husniddin Aliqulov (“Rizespor”), Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Navbahor”) kabi futbolchilar joy olgandi. Yakunda esa uch nafar nomzod saralab olindi.

TEPAGA scroll-top-icon