Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Shavkat Mirziyoyev Shenchjen shahrida Xitoyning yetakchi BYD kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Qayd etilishicha, ushbu kompaniya zamonaviy innovatsion avtomobillar va yangi avlod akkumulator batareyalarini ishlab chiqarish sohasida global peshqadamdir. Tashrif chog‘ida kompaniya yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma, avtomobillar va boshqa turdagi texnikalarning ishlab chiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning yangi texnologiyalari va ilg‘or ishlanmalari namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Davlat rahbari kompaniya prezidenti Van Chuanfu bilan birga Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Prezident yaqin istiqbolda bozordagi talabdan kelib chiqib modellar qatorini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 ming donagacha oshirish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Shuningdek, kompaniyaning mamlakatda BYD elektr avtobuslarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish, ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish va muhandislik-servis markazlarini tashkil etish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Tashrif chog‘ida kompaniya O‘zbekistonga 10 minginchi avtomobilini yetkazib berganining ramzi sifatida davlat rahbariga Yangwang U8 avtomobili hadya qilindi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman