Bayram kunlari Toshkent jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma’lum qilindi

20.03.2024

106

Transport vazirligi axborot xizmati Navro‘z bayrami kunlari poytaxtda jamoat transporti qay tartibda ishlashini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 21—24-mart dam olish kunlari etib belgilangani munosabati bilan, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 21-mart, payshanba – Navro‘z bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 22-mart, juma – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 23-mart, shanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 24-mart, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Toshkent metropolitenining ma’lum qilishicha, 21-22-23-mart — dam olish kunlarida metro poyezdlari harakati shanba kuni jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Shuningdek, 24-mart kuni esa metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Navro‘z bayrami munosabati bilan poytaxtni qaysi hududlarida sayllar tashkil etilishi bo‘yicha maʼlumot bergandi.

TEPAGA scroll-top-icon