IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkent shahrida 02 kodli avtoraqamlardan qachondan foydalanish mumkinligini maʼlum qildi.
Foto: IIV YHXX axborot xizmati
Qayd etilishicha, ushbu muddatni taxmin qilish uchun joriy kod — 01 bilan boshlanadigan raqamlarning mumkin bo‘lgan maksimal kombinatsiyalar sonini hisobga olish kerak.
Har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazish paytida 5 foiz avtoraqam utilizatsiyaga chiqsa, 17 million avtomobilga yetib borish va 02 kodli raqamlardan foydalanishni boshlash uchun taxminan 68 yil kerak bo‘ladi.
- Avvalroq 29-yanvardan 4-fevral oralig‘ida o‘zbekistonliklar avtoraqamlar uchun auksion orqali 18,8 mlrd so‘m sarflagani maʼlum bo‘lgandi.
- 2022-yilda Onlayn auksionda 50 777 ZZZ avtomobil raqami 669,6 mln so‘mga sotilgan edi.
- O‘zbekistonda 2023-yilda onlayn-auksionlar orqali 87 mingdan ziyod avtoraqamlar sotilgan.