O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani ishonchli hisobda mag‘lub etib, final hamda Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

29.04.2024

193

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi yarim finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 29-aprel, dushanba kuni Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar darvoza tomon xavfli hujumlarni uyushtirdi.

61-daqiqaga kelib, Indoneziyaliklar hisobni ochdi. Biroq gol hakam tomonidan bekor qilindi. Golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgani aniqlandi. 68-daqiqada Husayn Norchayev darvozani ishg‘ol qildi.

 

84-daqiqada Indoneziya futbolchisi Ramadani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

86-daqiqada Rifai o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.

TEPAGA scroll-top-icon