Toshkent xalqaro investitsiya forumida 18 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanadi
03.05.2024
235
Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Singapur parlamenti spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Suhbat davomida kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, turizm va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Oliy darajadagi kelishuvlar ustidan birgalikda samarali parlament nazoratini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Shundan so‘ng prezident Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qambarota GES-1 va Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Davlat rahbari qabulida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Al-Saud boshchiligidagi delegatsiyasi ham bo‘ldi. Suhbat davomida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikda yuksak darajaga erishilgani qayd etildi. Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi.
O‘zbekistonda energetika tarmog‘ini rivojlantirishga eng ko‘p investitsiya kiritgan ACWA Power kompaniyasi bilan samarali hamkorlik qilinayotgani ta’kidlandi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Xabarda aytilishicha, bu galgi forum doirasida “yashil” energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida 18 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanadi.