BMT O‘zbekiston va Xitoyning qo‘shma rezolyutsiyasini ma’qulladi

10.06.2024

249

BMTning Nyu-York shahridagi qarorgohida Bosh assambleya 7-iyun kuni Xitoy va O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan “Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni” deb nomlangan rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, rezolyutsiyaga 80 dan ortiq aʼzo mamlakat, shu jumladan, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari, Armaniston, BAA, Bahrayn, Belarus, Eron, Indoneziya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Qatar, Rossiya Saudiya Arabistoni, Turkiya va Vengriya tomonidan hammualliflik qilgan.

Hujjat O‘zbekiston rahbariyatining BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi (2023-yil) va SHHTning Samarqand sammitida (2022-yil) umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik ruhini yuksaltirish zarurligi, konstruktiv hamkorlikka intilish, shuningdek, tinchlik va barqaror farovonlikka erishish uchun xalqaro hamjamiyatlarning sa’y-harakatlarini safarbar qilish to‘g‘risida bildirilgan qarashlarini konseptual tarzda aks ettiradi.

TEPAGA scroll-top-icon