Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi bo‘yicha prognozini pasaytirdi

12.06.2024

258

Jahon banki yangi prognozlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024-yilda 5,3 foizga, 2025-yilda 5,5 foizga, 2026-yilda esa 5,7 foizga o‘sadi.

Foto: “Daryo” / Muhsinbek Islombekov

Avvalroq 2024-yilda bu ko‘rsatkich 5,5 foiz bo‘lishi prognoz qilingandi. Shunga qaramay, Jahon banki 2024-yilda jahon iqtisodiyoti 2,6 foizga (ilgari 2,4 foiz bo‘lishi kutilgan edi) va 2025—2026-yillarda 2,7 foizgacha o‘sishini bashorat qilmoqda. Bu COVID-19 pandemiyasidan oldingi o‘rtacha 3,1 foizdan past.

 

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi 2024—2025-yillarda 4 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yilgi darajadan biroz past. Kam daromadli mamlakatlarda o‘sish 2023-yildagi 3,8 foizdan bu yil 5 foizgacha tezlashadi,

 

2024-yilda global inflyatsiya 3,5 foizgacha, 2025-yilda esa 2,9 foizgacha pasayadi. Ammo bank hisobotida qayd etilishicha, bu pasayish olti oy oldin kutilganidek sezilarli emas.

TEPAGA scroll-top-icon