O‘zbekiston Qozog‘iston bilan koinotga sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirmoqchi

05.09.2024

143

O‘zbekiston va Qozog‘iston kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi 

Ma’lum qilinishicha, vazirlik delegatsiyasi 2—3-sentyabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya bo‘yicha Osiyo—Tinch okeani vazirlar konferensiyasi”da ishtirok etish uchun xizmat safarini amalga oshirdi.

 

Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozog‘iston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Jaslan Madiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Uchrashuv davomida hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, raqamli ko‘nikmalarni o‘qitishni taʼminlash, raqamli inklyuzivlik va raqamli transformatsiya bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik holati va uni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Raqamli innovatsiyalarni jadallashtirish uchun zarur mintaqaviy hamkorlik rejalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ikki mamlakat ishtirokida kosmosga o‘zaro sun’iy yo‘ldoshlar guruhini uchirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini o‘rganish va tahliliy ma’lumotlarni 2024-yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.

TEPAGA scroll-top-icon