Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
30.01.2025
124

Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam bo‘ldi.
“Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha e’zozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan bo‘ldi. Toshkentda ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chog‘ida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish ezgu an’anaga aylandi. Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namunadir”, deyiladi xabarda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Marosimda Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentning xalq manfaati yo‘lida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham o‘tkazildi.
Davlat rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili u tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.
2024-yilda “Daryo” O‘zbekiston birinchi prezidenti, marhum Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab, davlat rahbari bilan bog‘liq bo‘lgan qiziq xotiralarni bevosita voqea ishtirokchilarining tilidan bir maqolaga jamlagandi.