Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga tashrifi yakunlandi
06.02.2025
158

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun Kuala-Lumpur shahrida prezidentimiz bosh vazir Anvar Ibrohim bilan sermahsul muzokara o‘tkazdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Sammit yakunida Kelajak avlodlar uchun strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi va hamkorlikning turli sohalarida salmoqli kelishuvlar to‘plami qabul qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari va Malayziya bosh vaziri biznes forumida ishtirok etib, “Petronas” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Madaniy dastur doirasida O‘zbekiston yetakchisi Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya taʼlim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati